🎉Qanday qilib ijtimoiy tarmoq uchun chiroyli reklama rasm tayyorlash mumkin?

Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda turli xil mahsulot yoki xizmat ko’rsatish haqida reklama rasmlarga tez-tez ko’zimiz tushadi. Lekin hamma rasmlarni sifatli va chiroyli deb bo’lmaydi. Bunga juda ham ko’p misollar keltirish mumkin.

Mana quyidagi misollarni ko’rib chiqamiz.

Olx.uz saytidan 1-lavha
Olx.uz saytidan 2-lahva

Bunday reklama rasmlar orqali mijoz yoki internet foydalanuvchilarni jalb etish qiyin. Bundan chiroyli va sifatli reklama yoki boshqa grafikli rasmlar tayyorlash oson.

Canva.com saytining qulayliklari quyidagi turdagi grafik rasmlar tayyorlash mumkin:

  • Prezintatsiya
  • Blog banneri
  • Youtube kanalini bezatish
  • Logotip
  • Instagram uchun post
  • Facebook uchun post
  • Jurnal muqovasi
  • Tabriknoma
  • Rezume
  • Sertifikat
  • Vizitka
  • E’lon
  • va turli xil rasmlar

Canva.com saytiga kiramiz va registratsiya qilamiz.

Canva.com – saytidan lavha. Saytning chap qismidan registratsiya qilish mumkin.

Saytning ajoyibligi shundaki hattoki o’zbek tili borligi(tilni asosiy sahifaning o’ng past burchagidan o’zgartirish mumkin).

Saytdan registratsiyadan o’tib olganimizdan so’ng, asosiy sahifaning chap yuqori qismi “Create design” ya’ni yangi dizayn yaratish tugmasini bosib, o’zimizga kerakligini tanlab olamiz.

Canva.com saytidan lavha

Qolgani juda oson. Ushbu saytdan tayyorlagan rasminingizni taklif etilgan formatda yuklab olishingiz mumkin. Githubda Student Pack orqali ushbu saytdan Pro tarifini 1 yil ishlatish mumkin.

Saytning mobil versiyasi ham mavjud. Play Market va App Store dan ham yuklab olish mumkin.

Men tayyorlagan turli rasmlarni ko’rishingiz mumkin.

Instagram uchun post rasm
Kofe magazin uchun vizitka yoki banner
Fitnes zal uchun logotip