💻O’zbekistonda axborot texnologiyalarni o’rni

21-asr “Axborot texnologiyalar” davri deb bekorga aytilmagan. Insonning har daqiqasi texnologiyalarga bog’lanib qolgan. Mana oddiygina misol, har kuni ertalab turib birinchi qiladigan ishimiz, ijtimoiy tarmoqlardagi yangiliklar, shaxsiy xabarlarni tekshiramiz. Xo’sh, O’zbekistonda axborot texnologiyalarni o’rni qanday? Uni rivojlantirish maqsadida qanday ishlar amallarga oshirilmoqda?


Axborot texnologiyalar haqida

Ijtimoiy tarmoqlar yoki televideniyalarda tez-tez quloqqa chalinadigan IT (‘ayti’) yoki Axborot texnologiyalarning qanchalik muhim ahamiyati bor? Bular bizning hayotimizni o’rab olgan desak ham bo’ladi: mobil aloqalar, internet, sog’liqni saqlash, ta’lim va hokozo. Texnologiyaning foydali taraflari ham juda ko’p. Masalan, tezkor axborot olish. Buni oddiygina Telegram, Instagram, Facebook yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi blog saytlarning tezlikdagi yangilikni obunachilarga taqdim etishidir. IT ning qulaylik taraflarni aytsak son sanog’i yo’q.


O’zbekistonda IT qanday rivojlanmoqda?

Axborot texnologiyalar sezilarli tarzda rivojlanmoqda desak bu televideniyalardagi maqtov gaplar kabi ko’rinishi mumkin. Tog’rida biz bunday gaplarga juda o’rganib qolganmiz. Aslidachi vaziyat qanday? Buni turli misollar asosida ko’rib chiqamiz.


Internet tezligi

internet tezligi

2018-yildagi 1-dekabrdan internet tezligi 10 barobar tezlashadi, deya O’za xabar bergandi. Shu kunlarda shu xabarga 1 yil bo’ladi. Internet tezligi 10 barobar oshmagan bo’lsa ham, tariflarda narhlar pasayib, internet tezligi oshgan. Masalan, Uztelekom kompaniyasi 88 000 so’mdan boshlab, tezligi 4 Mbit/s cheksiz trafikli tariflarni taklif qiladi. Buni o’tgan yilgi holatda 10 barobar oshgan deyish qiyin, lekin shukr qilish kerak, bu kabi cheksiz trafikli tariflarni orzu qilar edik. Ammo, bu sohada hali yetarlicha ishlar olib borilishi kerak. Mobil aloqa qimmat, Toshkent shahridan tashqari qolgan joylarda ham optik tolali internet qamrovini oshirish kerak.


IT Park

IT park
it-park.uz

2019-yil 24-iyulda Toshkent shahrida IT park tashkillashtirildi. Bu yerda turli hil yangi g’oyalar,startuplarni amalga oshirish mumkin. Kuni kecha 20-noyabrda Shavkat Mirziyoyev ushbu hududga tashrif buyurib, kelajakdagi ishlarni ko’rib chiqdi. Bu yerda yana 7 yangi inshoat qurilar ekan. Keling Siz va men buni kuzatishni davom etamiz. Balki kelajakda IT park O’zbekistonning Silicon valleyi bo’lishi mumkin.


O’zbek tilidagi Xan akademiyasi

18-oktabr kuni Xan akademiyasining o’zbek tilidagi talqini taqdim etildi. Bu dunyo bo’ylab bepul onlayn ta’lim beradigan platformadir. Umid qilamizki, kelajakda bu o’zbek tilidagi “tutorial” ya’ni darslarga boy bo’lgan resurs markaz bo’ladi.


1 million o’zbek dasturchilari

uzbekcoders.uz

21-noyabrda esa Bir million o’zbek dasturchilari shiori ostidagi dastur taqdim etildi. Bu dastur Birlashgan Arablar Amirligi bilan hamkorlikda ishga tushirildi. Bu sayt ham bepul dasturlash tillari, kompyuter bo’yicha onlayn bepul saytidir. Uzbekcoder.uz saytidan o’tib 4 xil yo’nalishda bepul darslar olish mumkin. Hozircha darslar o’zbek tilida mavjud emas.


🚀 Maqolalani yakunida axborot texnologiya bilan yanada tezroq rijovlashgan davlatlar qatoriga qo’shilish imkon borligini, yoshlarni dasturlash va kompyuter sohasida qiziqishlarini oshirish kerakligini aytmoqchiman. Zora, yaqin kunlarda o’zbek Stiv Jobsi yoki Mark Zukerberklari chiqsa!