🎓2020-2021 o’quv yilda qaysi oliygohda o’qishni hohlayman? Qo’llanma 2020

Abituriyentlardan har doim bir xil savol so’rashadi. Sen bu yil qaysi oliygohga topshirasan yoki qaysi birida o’qishni hohlagan bo’lar eding deb.

Ba’zilar oldindan o’zini mo’ljallab qo’ygan oliygoh bo’ladi. Lekin, aksariyat ko’plarda hattoki hujjat topshirish davriga qadar ikkilanib yurishadi. Ushbu maqolada esa o’zimning shaxsiy tavsiyalarimni aytib o’taman. Albatta, birinchi omil bu odamni qaysi sohaga qiziqishni hohlasa o’sha yo’nalishga kirish to’g’ri deb bilaman. Chunki, yaqin qarindoshning yoki do’stning tavsiya bilan, shu universitetga kir, kelajakda ‘pulni tagida’ qolasan degan gaplarga quloq solmang. Keyinchalik o’zingiz pushaymon bo’lishingiz mumkin.


Toshkentdagi Xorijiy filialda o’qishni xohlaysizmi?

Oldingi maqolamda O’zbekistonda joylashgan xorijiy mamlakat oliygohlarini filiallari keltirib o’tgan edim. Agar siz ingliz tilini o’qiyotgan bo’lsangiz yoki IELTS sertifikatini olgansiz yoki olmoqchisiz, hamda O’zbekistonda sifatli ta’lim olishni hohlasangiz ushbu maqolani o’qib, o’zingiz xohishingiz bo’yicha tanlab olsangiz bo’ladi.

👇 👇 👇


Siz milliy oliygohda o’qishni xohlaysizmi?

Barchaga ma’lum, hozirda Toshkent shahrida milliy oliygohlarning eng yaxshilari joylashgan. Sizga qattiq tavsiya qilaman, o’sha universitetlar yoki instutlarga kirishga harakat qiling. Chunki, kelajakdagi kasbning oliy mutahasisi bo’lishni kim ham xohlamaydi. (Besh qo’l barobar emas. Siz hohlagan oliygohdagi o’qiyotgan talabadan ta’lim sifati haqida o’qishni so’rab oling). Men yaxshi deb bilgan, universitetlar esa quyidagilar(Diqqat! Bu faqat shaxsiy fikrim):

  • Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti – uwed.uz
  • Toshkent Davlat Yuridik Universiteti – tsul.uz
  • Toshkent Tibbiyot akademiyasi – tma.uz

Ushbu oliygohlar o’qishni xohlovchilar soni yuqori bo’lgani sababi, juda qattiq tayyorgarlik ko’rishni tavsiya qilaman 👏 .


Xorijiy universitetda o’qishni xohlaysizmi?

Orzuingiz chet elda o’qish bo’lsa, sizda yetarli turli tanlovlar bor. Albatta, siz ingliz tilini yoki o’qimoqchi bo’lgan davlat tilini bilishingiz kerak bo’ladi. Agar sizda kamida 6 IELTS bahosi egallasangiz turli Yevropa yoki Osiyo davlatlar universitetlarga to’liq/qisman ‘scholarship’ ega bo’lasiz. Ball qancha yuqori bo’lsa shuncha yaxshi masalan, 7, 7.5 yoki 8. Chet oliygohlarga kirishni oson, chunki siz IELTS bo’lsa bas. Lekin, oilangiz sharoitiga ham qarash kerak bo’ladi. Aksariyat kontrak pullar yuqori. Ammo siz ingliz tilidan yuqori ball olishga harakat qilsangiz va o’qish davomida yaxshi baholar olib yursangiz 100% bepul o’qishingiz mumkin(Bu yerda yashash, oziq-ovqat va transport harajatlarini hisobga olmaganda. Lekin ba’zi universitetlar ‘scholarship’dan tashqari stependiya ham beradi). Albatta, hujjat topshirishdan oldin fakultetni o’zingiz hohlagan kelajakda kasb qilmoqchi bo’lgan yo’nalishni tanlashni unitmang. Demak, quyidagi davlatlar misol keltirib o’taman:

Janubiy Koreya – asosan IELTS sertifikati so’raladi. O’qitilish tizimi ham juda yaxshi. Kontrak puli qimmatlik qilmasa, yaxshi tanlov.

Xitoy – kirishda nisbatan IELTS bahosi pastroq so’raladi. O’qitish tizimi boyicha aniq bir aniq ma’lumot ayta olmayman. Do’stlaringizda so’rashni tavsiya qilaman.

Rossiya – agar siz rus tilida muammo bo’lmasa, ‘единого государственного экзамена (ЕГЭ)’ dan imtihon topshirib yaxshi Moskvadagi yaxshi universitetlarda o’qisangiz bo’ladi. Hattoki ba’zi oliygohlar imtihonsiz ham kirsangiz bo’ladi.

Latviya – ushbu davlatga ham IELTS nistabatan pastroq so’raladi. Ammo, ushbu davlatda o’qisangiz butun Yevropa davlatlarini aylanishga imkoniyat bo’ladi ✈️ .


Xulosa: O’qish hammaning o’zi bog’liq. Agar xohish bo’lmasa, Oxford ham sizni professor qilib qo’ymaydi. Izlagan imkon topadi. Oliygoh qaysi qarajada ham bo’lsa aqlli odam o’ziga bilimi o’qituvchidan so’rab oladi yoki Internetda ham yaxshi resurslardan oladi. Bu maqolada keltirilgan misollar shaxsiy tavsiya, birozgina sizning tanlovda osonlashtirish uchun qo’llanma. Hozirgi COVID-19 sababli chet oliygohlarga topshirishda ehtiyot bo’ling! Kelasi maqolalarda kasb bo’yicha oliygoh tanlashni ko’rib chiqamiz. Biz bilan qoling 🖐 .