✅Zoom – dasturidan foydalanish

zoom dasturi

Assalomu alaykum. Uyda o’tirib, zerikmadingizmi? Uzoqdagi do’stingiz bilan muloqot qilmoqchisiz, ammo nima qilishni bilmayapsizmi? Albatta Zoom(talaffuz qilganda ‘zum’) dasturini eshitgansiz.


Keling dasturdan foydalanishni ketma-ket amallarni ko’rib chiqamiz:

1- Qadam: Dasturni yuklab olish:

Dastur yuklab olishda siz qaysi qurilmadan foydalanishizngiz bog’liq: mobil telefon yoki kompyuter. Dasturni yuklab olish uchun quyidagi havolalardan foydalanamiz:

Manba: zoom.com (Ushbu saytga tashrif buyursangiz qurilmangiz o’zlari moslab dasturni ko’rsatadi)


2 – Qadam: Dasturni o’rnatish

Mobil qurilmalar uchun:

Telefon qurilmalarida dastur avtomatik ravishda yuklab olishni bosgandan so’ng o’zi o’rnatiladi.

Komputer uchun:

Yuklab olingan faylni ochamiz.


3 – Qadam: Ro’yhatdan o’tish

Yuqorida oynadan “Sign In” tugmasini bosamiz:

zoom-ornatish

Agar kompyuteringizda Facebook yoki Google profillarindan biri bo’lsa, Sign in with Google / Facebook ni bosamiz. Shu orqali kirish oson hech qanday login yoki parollarni yaratishga hojat yo’q va keyingi bosqichga o’tsangiz ham bo’ladi.

Agar ushbu profillaringiz bo’lmasa, “Sign Up Free” tugmasini bosamiz. Yoki quyidagi Havolaga ham kirsa bo’ladi

Ushbu oynadan so’ng Tug’ilgan kuningiz va E-mail ma’lumotlaringizni kiritasiz. Va E-mail aktivlash uchun havola jo’natiladi, o’sha havolaga kiramiz.


4 – Qadam

Ro’yhatdan o’tgamizdan so’ng, dastur avtomatik ravishda asosiy oyna ochiladi.

  • New Meeting – Bu o’zingiz yangi video konferensiyani boshlaysiz.
  • Join – Bu do’stingiz boshlagan konferensiyaga qo’shilasiz.