💡Shaxsiy biznes boshlashingiz uchun 5 sabab – Nodirbek.uz

💡Shaxsiy biznes boshlashingiz uchun 5 sabab

Hozirgi kunda juda ko’p insonlar o’z shaxsiy biznesini boshlash haqida o’ylab yurishadi. Lekin bularning juda kam foizigina real hayotda amalga oshadi. Keling siz bilan shaxsiy biznesni boshlash uchun 5 sababni ko’rib chiqamiz.

1.Erkinlik

Erkinlik

O’zbekistonda hozirda ishlash asosan haftada 6 kun ertalab soat 9:00 dan 18:00 gacha. Bu bir kunda 9 soat haftada esa 54 soat. Bu ish vaqtni rivojlangan mamlakatlardagi ish soati bilan taqqoslasak 14 soat ko’p. Agar o’z biznesingizni boshlasangiz, ishni o’zingiz hohlagan vaqt boshlab yoki tugatishingiz mumkin. Bu esa erkinlik degani.

2.Qo’shimcha daromad

Daromad olish

Biznes boshlovchilarni asosiy qismi o’z daromadlarini yanada oshirish haqida o’ylashadi. Ya’ni sodda qilib aytganda boshlang’ich inversititsiyangizni yaqin kelajak ichida 10,20 yoki undan ham ko’p marta qilib foyda olish demakdir. Lekin bunga biroz mehnat va sabr kerak.

3. Yangicha hayot tarzi.

Biznesmen

O’z biznesingiz boshlangandan so’ng siz tadbirkor yoki “Biznesmen” bo’lasiz. Bu yangi hayot tarzi va qiyinchiliklar demakdir. Siz odatiy soat 9:00 dan 18:00 gacha ish kunlari emas, butunlay boshqacha.

4. Ideya va uni amalga oshirish

Ideya

Sizda ajoyib ideya bor uni amalga oshirish uchun ozgina shijoat kerak. Agar siz bugun bu ishni amalga oshirmasangiz, million “dollarlik” biznesni boshqasi ilib ketishi mumkin. Bu uchun siz haftada 40 soat emas 80 soat ishlasangiz 2 barobar tezroq biznesni boshlab olasiz.

5. O’zingizni kashf eting.

Yangi ish boshlash o’zingiz yangi qirralarni kashf etish demakdir. Sizda juda ham ko’p mashg’ulotlarni o’rganib olasiz. Masalan, hisob-kitob qilish, ishchilarni boshqarish,marketing va boshqalar. Qani endi qo’lingiz ruchka va qog’oz olib o’z biznes rejangiz tuzishni boshlang!