🕑Vaqtni to’g’ri taqsimlash

Time management

Hozirgi kunda vaqt eng bebaho narsadir. Hech kim bir kunda 25-soatni yarata olmaydi, shunday ekan vaqtni to’g’ri taqsimlash orqali eng samarali unumdorlikga ega bo’lish mumkin.

“MFaktor”ning 31-sonida Otabek Mahkamov “Time management” haqida gapirdi. Ushbu videodan vaqtni qanday to’g’ri taqsimlash yo’llarini o’rganib oldim va shu haqida qisqacha yozaman.


Harakatlaringiz rejalashtiring

Bu juda oddiy. Ertangi kuningiz uchun bajarish kerak bo’lgan ishlarni daftarga yozib chiqing. Ushbu ishlarni 4 guruhga bo’ling. Bu guruhlar quyidagicha:

  1. Shoshilinch va muhim
  2. Muhim, ammo shoshilinch emas
  3. Shoshilinch, ammo juda muhim emas
  4. Ahamiyatsiz va shoshilinch bo’lmagan

Bajariladigan ishlarni ushbu kategoriyalar bo’yicha bo’lib chiqamiz va kun ohirida ushbu ishlarni holatini tekshiramiz. Ushbu kategoriyalar haqida videoda to’liq ma’lumot olishingiz mumkin.

Haftada 7 kun ishlash kerak emas. O’z vaqtida ishlab, bilim olib va oila davrasida dam olsak, shundagi huddi boshqalar kabi 2-3 oy ichida oila bilan dam olish uchun chet el yoki boshqa vilayotlarga dam olib kelamiz. Hammasi o’zingiz bog’liq, maqsadlar va rejalar qo’yib olsangiz bo’ldi. Buni Time management bilan amalga oshirish oson. Quyidagi va Taym menejment | Otabek Mahkamov | MFP-31 1-qism ni ko’rishni tavsiya qilaman.


Taym menejment | Otabek Mahkamov | MFP-31 (Anons)

Manba : MFaktor – Taym menejment | Otabek Mahkamov

Vaqtni rejalashtirishning zamonaviy usuli

Hozirda zamonaviy texnologiyalarda foydalanish vaqtimizni ancha tejaydi. Men hozirda o’zimga qo’yilgan kunlik topshiriqlarimni yon daftarchasiga emas balki, internetda mashhur bo’lgan “Notion” platformasiga joylab boraman.

Notion nima bu? Bu o’zimiz uchun elektron kundalik desak ham bo’ladi. Men quyidagi ishlarimni doimo ushbu dasturga kiritib kuzatib boraman:

  • Kunlik topshiriqlar
  • Uzoq vaqt oladigan maqsadlar
  • Pul hisob-kitobi
  • Sayohatlar
Notion dasturidan lavha

Bu dasturni ishlab ko’rishni qattiq tavsiya qilaman. Chunki bu juda oson!