🔥Youtubeda kanal ochdim

Barchaga assalomu alaykum. Hozirda COVID-19 sababli ko’p ishchilar , o’quvchilar uydan turib ishlamoqda, o’qishmoqda.

Bo’sh vaqtdan unumli foydalanish maqsadida Youtube video ijtimoiy tarmog’ida darsliklar yuklashni boshladim. Hozirda Telegramda qanday bot ochish haqida darsliklar qilmoqdaman. Birinchi marta video olayotganim sababli darsliklar sifat a’lo darajada emas. Lekin qo’ldan kelguncha harakat qilayapman. Bu darsliklar o’zbek tilida, O’zbekistondagi dasturlash sohasiga qiziqayotganlar foydali bo’ladi deb umid qilaman.

Kanalga a’zo bo’lish