✈️Amerika sayohat – 2019 – Nodirbek.uz

✈️Amerika sayohat – 2019

Ushbu maqolada o’tgan yili, 2019-yilda Amerika Qo’shma Shtatlariga bo’lgan sayohatim haqida so’zlab bermoqchiman.

2019-yil may oyining yakunlarida ‘Uzbekistan Airways’ orqali Toshkent – New York yo’nalishi bo’yicha do’stlar bilan uchdik. Ushbu yo’nalish to’gridan to’gri bo’lgani va oradagi masofa uzoqligi uchun uchish vaqti 11-12 soatlar bo’ldi. ‘Uzbekistan Airways’ taomlar va xizmat ko’rsatishi menga yoqdi. Ammo, yetib borguncha hech uhlay olmadim.

New York shahri

Biz New York ga kunduz kuni ertalab qo’ndik. Yuklarimni va hujjatlarimni tekshirishga 2 soatlar vaqt ketdi. Va endi qayerga borish kerak?

Ushbu davlatga 3 oylik dastur(Work and Travel) orqali kelgan edim. Ushbu dastur talabalar uchun ma’lum vaqt davomida ishlash va sayothat qilish imkoni beradi. Airoport dan so’ng ish joyimga ketib olish masalasi bor edi. Airoportdan chiqib to’gri metroga tushish biroz bosh qotiradigan masala. Agar yolg’iz bo’lsangiz adashib qolishingiz hech gap emas. Ammo, men do’stlarim birga edim muammo bo’lmadi. Ish joyimgacha avtobusga yetib olish rejalashtirilgan edi va bilet sotib olish kerak edi.

Rasmdagi ko’rsatilgan avtomatdan bilet sotib oldik

Kechga ko’zlangan manzilga yetib olish kerak edi shuning uchun New York shahri aylanmadik. Afsuski… Ammo maqola so’ngida sovg’a bor…

Avtobusda

Biz biletni mashxur va hamyonbop bo’lgan avtobus firmasidan olgandik. Avtobus sharoiti o’rtacha edi. Ammo, avtobus ichidagi havo darajasi juda past edi. Ham bahor fasli va borayotgan joyimizda daraxtlar ko’p bo’lgani uchun juda avtobusda sovuq qotdik. Masofa biroz uzoq edi 5-6 soatlik yo’l edi. O’sha kunning kechqurun soat 11 larga manzilga yetib oldim. Avtobusda yarmida o’rtoqlarim boshqa joyda bo’lgani uchun, qolgan yo’lda o’zim yakka ketdim. Aynan, o’sha paytlar o’zingni o’zing begona davlatda tutish juda g’alati xis qilarkan odam. Atrof muhit va odamlar boshqa bo’lgani sababdir…

Amerika tabiati

Tabiat rostan ham juda go’zal edi: yam-yashil daraxtlar, ko’l.

“Lake George” ko’li
Ish joyi – Tops Market

Ish boshlaganda do’kon juda sovuq edi. Amerika sovuq havosiga o’rganib olish qiyin bo’ldi. Hattoki, yoz oylarida ham ertalab va kechasi juda sovuq bo’lar edi. Eng ko’p xato qilingan ish bu mashinada o’tirgan xafvsizlik kamarini taqish har doim esdan chiqib qolar edi )).

Ushbu mashina tanish emasmi?
Chap tarafda ‘Sagamore’ nomli orolcha va mehmonxonasi

Ushbu rasmlarda Amerika tabiati rostdan ham go’zalligini ko’rish mumkin.

New York shahri

3 oydan so’ngdan so’ng ta’til tugadi. Endi O’zbekistonga uchib ketish vaqt ham keldi.

Uchishdan oldin New York shahri aylandik. Binolar chiroyli ekan juda yoqdi.

New York markazi – Time Square
Oynavand va juda baland bino – World Trave Center

New York – ushbu shahar shovqin va odamlar ko’p. Lekin binolari juda yoqdi.

Ajoyib manzara

Kalit so'zlar: